AsosiyJamiyat

Bugun «sukunat» kuni

'Bugun «sukunat» kuni'ning rasmi

Ertaga, 24 oktyabr kuni O`zbekistonda Prezidentlik saylovi bo`lib o`tadi. Bugun saylovga bir kun qolgani munosabati bilan sukunat kuni hisoblanadi. Ushbu kunda har qanday targ`ibot va tashviqot tadbirlarini o`tkazish mumkin emas.

Bu haqda Saylov kodeksining 44-moddasida mustahkamlab qo`yilgan:

Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida, tashviqotga (ovoz berishga undash) yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, 103-moddaga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

Shu sababli bugun hamda saylov kuni turli tashviqot olib bormaslik va so‘rovnomalar o‘tkazmaslik maqsadga muvofiq.

Izoh: bu yerda gap ayni bir nomzodga ovoz berishga chorlash haqida ketmoqda. Saylovning o‘ziga oid boshqa xabarlar, shuningdek barcha saylovchilarni saylovda faol ishtirok etishga chorlaydigan umumiy tashviqotga taqiq yo‘q, bunga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar