Bugun, 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrfi buyurgan “Yangi Amerika xavfsizligi markazi” (CNAS) bosh ijrochi direktori Richard Fonteyn va CNASning Hindiston-Tinch okeani dasturi rahbari Liza Kyortisni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Vazir Amerika tomonini mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, O`zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan so`nggi o`zgartirishlar haqida ma`lumot berdi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.






