O`zbekistonda 9 oyda qariyb 9,1 ming nafar oliy ma`lumotli erkaklar nikohi qayd etilgan.
Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga O`zbekistonda qayd etilgan nikohdagi shaxslar quyidagini tashkil etgan:
- Oliy ma`lumotli erkaklar – 13,6 %;
- o`rta maxsus ma`lumotli erkaklar – 68,4 %;
- oliy ma`lumotli ayollar – 4,4 %;
- o`rta maxsus ma`lumotli ayollar – 55,8 %.
Ma`lumot uchun, 9 oyda 206,7 mingta nikoh qayd etilgan.






