AsosiyJamiyat

Sizning hududingiz Biznes reytingida nechinchi o`rinda?!

'Sizning hududingiz Biznes reytingida nechinchi o`rinda?!'ning rasmi

Ma`lumki, Adliya vazirligi tomonidan Hukumatning 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qarori (https://lex.uz/docs/4688498) ga asosan hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik reytingi b-indicator.uz saytida e`lon qilinib kelinmoqda.

Hududlar reytingini aniqlash “BUSINESS INDICATOR” tizimi orqali mas`ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma`lumotlar hamda tadbirkorlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar asosida amalga oshiriladi.

Xususan, birinchi reyting natijalari 2019 yilning yakuni bo`yicha e`lon qilingan, undan so`ng 2020 yilning birinchi yarmi va 2020 yilning yakuni bo`yicha e`lon qilingan.

Navbatdagisi esa 2021 yilning I yarim yilligi bo`yicha 14 ta viloyat hamda 203 ta tuman (shahar)larning biznes muhiti bo`yicha.

Reyting 30 ta indikator bo`yicha shakllantirilib, unda 15 ta mas`ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan 4 mingga yaqin statistik ma`lumotlar hamda 25 mingdan ortiq tadbirkorlardan so`rov yo`li bilan olingan 470 mingdan ortiq axborotlar tahlil qilindi.

2021 yil biznes reytingida 14 ta hududlar ichida1-o`rindaToshkent shahri bo`lsa, oxirgi 14-o`rinni Surxondaryo viloyati (2020 yilda ham 14-o`rinni egallagan)egalladi.

2021 yil 1 yarmiHududnomi2020 yil yakuni
Egallagan o`rniTo`plagan baliEgallagan o`rniTo`plagan bali
1-o`rin

7,4 ball

(–0,4 ball)

• Toshkent sh.1-o`rin(7,8 ball)
2-o`rin

6,7 ball

(+0,5 ball)

↑ Navoiy v.

3-o`rin

 

(6,2 ball)
3-o`rin

6,2 ball

(+0,1 ball)

Buxoro v.4-o`rin(6,1 ball)
4-o`rin

6,1 ball

(+0,7 ball)

 Farg`ona v.9-o`rin(5,4  ball)
5-o`rin

5,8 ball

(–0,2 ball)

 Qoraqalpog`iston R.

5-o`rin

 

(6 ball)
6-o`rin

5,8 ball

(–0,4 ball)

Namangan v.2-o`rin(6,2 ball)
7-o`rin

5,5 ball

(+1 ball)

Qashqadaryo v.13-o`rin(4,5  ball)
8-o`rin

5,5 ball

(+0,4 ball)

 Xorazm v.10-o`rin(5,1  ball)
9-o`rin

5,5 ball

(+0,9 ball)

 Samarqand v.12-o`rin(4,6  ball)
10-o`rin

5,4 ball

(–0,4 ball)

 Toshkent v.6-o`rin(5,8 ball)
11-o`rin

5,3 ball

(–0,3 ball)

↓ Sirdaryo v.8-o`rin(5,6 ball)
12-o`rin

5,1 ball

(–0,5 ball)

 Andijon v.7-o`rin(5,6 ball)
13-o`rin5 ball Jizzax v.11-o`rin(5  ball)
14-o`rin

4,8 ball

(+0,3 ball)

 Surxondaryo v.14-o`rin(4,5  ball)

 

Bundan tashqari, tuman darajasida baholash 10 ta yo`nalish bo`yicha amalga oshirildi. Tuman (shahar)lar orasida eng yaxshi ko`rsatkich Bektemir tumanida (Toshkent sh.)qayd etilgan bo`lsa, eng past ko`rsatkich Bekobod tumanida (Toshkent v.) ekanligi aniqlandi.

Baholash yakunlari 2021 dastlabki yarim yilligida tadbirkorlik rivojlanishida o`tgan yilga nisbatan bir qator salbiy va ijobiy o`zgarishlar bo`lganligini ko`rsatdi.

Jumladan, bo`sh turgan binolar va er uchastkalaridan samarali foydalanish, sudlarda tadbirkorlar ishtirokida ko`rib chiqilgan nizolar soni, tadbirkorlarning banklardagi band solingan hisobvaraqlari soni,tadbirkorning huquqlari buzilganligi bo`yicha murojaatlar soni hamda er uchastkalarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilishikabi yo`nalishlardagi umumiy holat yomonlashgan bo`lsa, boshqa ayrimyo`nalishlarda ijobiy o`zgarish kuzatilgan.

Xususan, tadbirkorlik sub`ektlariga ajratilganjami kredit miqdori, kichik sanoat hamda erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilgan loyihalar soni, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari umumiy hajmi, tadbirkorlarning Davlat byudjetiga to`lagan soliq va boshqa majburiy to`lovlar miqdori sezilarli darajada yaxshilangan.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, baholash natijalari hamma uchun ochiq bo`lib, ulardan tahliliy ma`lumotnomalar tayyorlashda, shuningdek, ilmiy izlanishlardakeng foydalanishlari mumkin.

Shu sababli, saytga tashrif buyuring va o`zingiz yashayotgan hududning taqdiriga befarq bo`lmagan holda so`rovlarda faol ishtirok eting. Sizning fikringiz bevosita o`zingiz yashayotgan hudud rivoji uchun ta`sir qiladi.

Hududlarning Biznes reytingi bilan batafsil tanishish uchun b-indicator.uz saytiga o`ting.

A.BEKMIRZAEV,

Adliya vazirligi mas`ul xodimi 

    Boshqa yangiliklar