“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:
● bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan) – TIF TN kodi 0803;
● yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya – TIF TN kodi 0804;
● yangi yoki quritilgan sitrus mevalar – TIF TN kodi 0805;
● yangi papayya – TIF TN kodi 0807 20 000 0;
● yangi olma, nok va behi – TIF TN kodi 0808;
● kivi – TIF TN kodi 0810 50 000 0.
Shuningdek, qaror bilan go`sht (mol, qo`y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so`yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O`zbekistonga olib kirish, ularni sotish bo`yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.






