Xabaringiz bor, "Tashkent City"ga kirish pullik qilib belgilangan edi. Bu tartib 2020 yil 17 dekabr kunidan ishga tushgan.
Mazkur hudud direksiyasining ma`lum qilishicha, endilikda "Tashkent City"ga kirish bepul bo`ldi.
"Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! "Tashkent City" XIM DUK direksiyasi Sizga shuni ma`lum qiladiki - 2021 yil 14 oktyabr kunidan sayilgoh hududiga kirish mutlaqo bepul",–deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno






