AsosiyJamiyat

Ombudsman: Og`ir sharoitda yashovchi Nukuslik fuqaroga uy ajratildi

'Ombudsman: Og`ir sharoitda yashovchi Nukuslik fuqaroga uy ajratildi'ning rasmi

5 yildan davomida og`ir sharoitda yashagan Nukuslik fuqaroning "avariya"holatiga kelib qolgan uyi tufayli o`zining va qizining sog`lig`i jiddiy zarar ko`radi.

 Qoraqalpog`istonlik ayol mana shu muammo echimini kutib Ombdudsmanga murojaat qiladi. 

Oradan hech qancha vaqt o`tmay murojaatchining holatini o`rganish uchun Ombudsmanning Qoraqalpog`iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga hududga etib boradi. 

Mintaqaviy vakil murojaatchining uy manziliga ma`sul sektor rahbari, mahalla bo`lim boshlig`i va fuqarolar yig`ini raisi bilan borganida haqiqatdan ham fuqaro juda og`ir sharoitda yashayotganiga guvoh bo`ladi. Unga asosan, uyning tom qismidagi taxtalarni vahmak (termit) hasharoti eb bitirayotgani sababli, turar-joy avariya holatiga kelib qolgan. 

Qolaversa, yog`ingarchilik bo`lsa uy tomidan chakki o`tadi, isitish tizimi ishlamagani sababli uy doim sovuq va zax holatda bo`ladi.

 O`rganish ishlari davomida fuqaro B.Z. ishsizligi sababli arzon turar-joy uchun ipoteka kreditini rasmiylashtira olmayotgani va to`lovlarni vaqtida to`lashi uchun ham doimiy ishga ega bo`lishi kerakligini ma`lum qilgan. 

Ombudsman vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan murojaatchiga shahar hokimligi balansida turgan Nukus shahar “Eliabad” MFY hududida joylashgan xonadon vaqtincha ajratib berilgan. 

"Hozirgi kunda fuqaro B.Z.ning mutaxassisligi bo`yicha doimiy ish bilan ta`minlanish choralari ko`rilmoqda",- deya "Darakchi"ga ma`lum qilmoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar