Saudiya Arabistoni investisiyalar jamg`armasi Evropaning yana bir klubii sotib olmoqchi. Bu haqda Libero nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, saudiyaliklar Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, jamg`arma vakillari “Inter”ning hozirgi egasi xitoylik Chjanlar oilasi bilan uchrashib, dastlabki muzokaralarni olib borgan. Hozirda “Inter”ning qiymati qariyb 1 milliard evro deya baholanmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan haftada saudiyaliklarga “Nyukasl”ni sotib 350 million funtga evaziga sotib olgan edi.
Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi






