Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belorusdagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.
Rossiya AQSh va Evropa Ittifoqining Belorus ichki ishlariga qo`pol aralashishga urinishlaridan xavotirda, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Shuningdek u Qo`shma Shtatlar va Evropa Ittifoqi Moldova ichki ishlariga misli ko`rilmagan darajada aralashib, respublika prezidenti Mayya Sanduga Rossiya bilan normal munosabatlarga ega bo`lish istagi haqida gapirishni to`g`ridan-to`g`ri taqiqlab qo`yganligini qo`shimcha qildi.






