AsosiySiyosat

Afg`onistonda gumanitar inqiroz kuchaymoqda

'Afg`onistonda gumanitar inqiroz kuchaymoqda'ning rasmi

BMTning Qochoqlar bo`yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi ma`lum qilishicha, Afg`onistonda gumanitar inqiroz kuchaymoqda, 20 mln afg`on yordamga muhtoj.

Bir oy oldin Afg`onistondagi gumanitar operasiyalar uchun 606 million dollar kerakligi taxmin qilingan edi. BMT bu miqdorning atigi 35 foizini yig`di.

BMT Qochoqlar bo`yicha Oliy Komissarligi vakilining ta`kidlashicha, boshqarma Afg`oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda logistika markazlarini tashkil etish, Kobulda ko`chirilgan yuzlab afg`onlarga shoshilinch yordam ko`rsatish uchun harakat qilmoqda.

BMTga ko`ra, bugungi kunda afg`on oilalarining atigi besh foizi to`g`ri ovqatlanmoqda. Besh yoshgacha bo`lgan bolalarning yarmidan ko`pi ochlikdan aziyat chekadi.

    Boshqa yangiliklar