AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Isroilning Turizm vaziri bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Isroilning Turizm vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

12-oktyabr kuni Nur-Sulton shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining Turizm vaziri, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Isroil hukumatlararo komissiyasi hamraisi Yoel Razvozov bilan uchrashdi.

Vazirlar turli sohalarda O`zbekiston-Isroil hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda, shuningdek, innovasiya, tibbiyot, ta`lim va sayyohlik yo`nalishlarida o`zaro hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat o`rtasida bo`lajak qo`shma tadbirlar haqida ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar