Buyuk Britaniyaning Londonning shimoliy chekkasida, Enfild shahrida poezd relsdan chiqib ketishi oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, poezda 50 nafarga yaqin yo`lovchi bo`lgan. Aniqlanishicha, poezd relsdan chiqib ketib, himoya to`siqlariga borib urilgan.
Hozirda voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






