Toshkent viloyatida fuqaroni o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan ustasi farang firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma`lum qilinishicha, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Oqqo`rg`on tuman bo`limi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro O`.M. fuqaro F.ning qizini tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, oldindan 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






