AsosiyDunyo

Gresiyaning Krit orolida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi

'Gresiyaning Krit orolida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi'ning rasmi

Gresiyaning Krit orolining chekka qismida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati (USGS) xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, zilzila markazi 10 kilometr chuqurlikda bo`lgan.  

AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma`lum qilgan. Tabiiy hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi va talafotlar yuz bergani haqida ma`lumot berilmagan.

Ma`lumot uchun, 27 sentyabr kuni ham Gresiyaning Krit orolida 6,5 magnitudali zilzila yuz bergan.

Izzatbek Abduvahhobov tayyorladi 

    Boshqa yangiliklar