AsosiyJamiyat

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi

'Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi'ning rasmi

“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

 Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog`laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo`nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

Tijorat asosida yo`lovchilar tashish xizmatini ko`rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (lisenziyasi) bo`lgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo`nalishida ko`riladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo`lgan yo`nalish norentabel avtobus yo`nalishi bo`lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.

 Tashuvchilarga norentabel yo`nalishlar bo`yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.

Qarorga ko`ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan:

  • tijorat banklarining Yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar bo`yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd so`mdan ortiq bo`lmagan miqdorda kafillik beriladi;
  •  tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bo`lmagan qismi qoplab beriladi. 

    Boshqa yangiliklar