Bugungi kunda hech qaysi bayramni gaz bilan to`ldirilgan pufaklarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Tug`ilgan kun, yangi savdo do`koni va idoralarning ochilishida gaz to`ldirilgan pufaklardan, so`zlashuvda “sharlar” deb nomlanadigan vositalardan foydalanish urf bo`lgan.
Odatda, bunday pufaklarga havoga nisbatan engilroq bo`lgan gazlar to`ldiriladi. Ayrim shunday gazlar tez yonuvchan xususiyatga ega. Biroq gaz bilan to`ldirilgan havo sharlari hayot uchun juda xavfli.
Xizmat yoki yashash xonalarida sharlarda chaqnashning yuzaga kelishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Portlash sodir bo`lishi uchun birgina uchqun yoki cho`g`-olovning o`zi etarli. Oqibatda, insonlar jiddiy tan jarohati olishi va bayram fojiaga aylanishi mumkin.
Portlash va yonish xususiyatiga ega bo`lmagan engil gazlar bilan to`ldirilgan pufaklar inson salomatligi uchun xavfsiz.
Bunday gaz bilan to`ldirilgan pufaklar “qora bozor”da quyidagicha narxlanadi: “Geliy” — 15-18 ming so`m bo`lsa, oddiy “Metan” gaz 5-6 ming so`mni tashkil qiladi. Ko`proq foyda olish ilinjida ayrim fuqarolarimiz sotuvga olib chiqayotgan pufaklarning ichi gazning arzon turi bilan to`ldiriladi. U inson hayoti uchun xavf tug`diradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, xuddi shunday holat kuni kecha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, estrada xonandasi Ozoda Nursaidovaning tavallud ayyommi munosabati bilan uning yaqinlari turli sovg`a salomlar bilan uning xonadoniga tashrif buyurishgan. Xonandani tabriklash paytida har xil o`zidan uchqun chiqaradigan vositalar, gaz to`ldirilgan pufaklar yordamida bilan uni tabriklamoqchi bo`lishdi. Oqibatda, uchqunli vositalar gaz to`ldirilgan pufaklarga yaqin keltirilganda portlash ro`y berdi.
Taxminlarga ko`ra, sharlar oddiy is gazi, ya`ni “Metan”da to`ldirilgan bo`lishi mumkin.
Hozircha holat yuzasidan boshqa ma`lumotlar ochiqlanmagan.
Manba: Zamon






