Gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxi bir oyda o`rtacha 2,5 % ga qimmatlashgan.
Davlat statistika qo`mitasining iste`mol narxlari kuzatuvi ma`lumotlariga ko`ra, sentyabr oyida gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari avgust oyiga nisbatan o`rtacha 2,5 % ga oshgan.
Yil boshidan buyon gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari o`rtacha 7,3 % ga oshgan.
Sentyabr oyida maktab daftari narxlari avgust oyiga nisbatan o`rtacha 3,1 % ga oshgan.
2020 yilda 1,6 ming tonna daftar ishlab chiqarilgan.