AsosiyDunyo

Pokistonda sodir bo`lgan kuchli zilzila qurbonlari va jabrlanganlari haqida ma`lum qilindi

'Pokistonda sodir bo`lgan kuchli zilzila qurbonlari va jabrlanganlari haqida ma`lum qilindi'ning rasmi

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo`lgan zilzila 20 kishining hayotiga zomin bo`ldi, deb xabar berdi Ria Novosti. 

Avvalroq  Franc Press anetligi favqulodda xizmatlarga tayanib, tabiiy ofatdan 15 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edi. Mahalliy gazetaning yozishicha, 300 dan ortiq odam jarohatlangan.

Amerika Qo`shma Shtatlari Geologik xizmati bundan oldin 5,7 magnitudali zilzilani qayd etgan.

Zilzila episentri Xarnay shahridan 14 kilometr shimoli sharqda joylashgan. Zilzila o`chog`i 20,8 kilometr chuqurlikda joylashgan.

    Boshqa yangiliklar