Viloyatda qarzdorligi bor haydovchilar to`xtatilib, mashinalari jarima maydoniga yuborilmoqda.
Yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Qarshi shahri yo`llarida autokon moslamasi yordamida qarzdorligi bor bo`lgan haydovchilar to`xtatilib, ular ogohlantirilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.






