AsosiyJamiyat

Mamlakatda 30 yoshgacha bo`lganlar 18 milliondan ziyod, ularning 648 ming nafari ishsiz - Nozim Husanov

'Mamlakatda 30 yoshgacha bo`lganlar 18 milliondan ziyod, ularning 648 ming nafari ishsiz - Nozim Husanov'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar 18 million nafardan ziyod. Shundan 648 ming nafari ishsiz,  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo`lsa, joriy yilning birinchi choragida 283 ming yoshning bandligi ta`minlangan.

 Qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturida 2021 yilda 457 ming 400 ta doimiy yangi ish o`rni yaratish nazarda tutilgan. Jumladan, birgina Toshkent shahrida 60 mingga yaqin yangi ish o`rni ochiladi.

  Hujjatda aynan doimiy ish o`rinlari haqida so`z bormoqda. Chunki ayrim joylarda ish joylari yaratilib, bir-ikki oydan keyin yopilib ketishi kuzatilyapti. Endi bunday holatlarga yo`l qo`yilmaydi. Yangi ochilayotgan ish joylarini yopish uchun javobgarlik va mas`uliyat belgilanmoqda.

  2021 yilda 1 iyulga qadar yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko`maklashish bo`yicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qo`mitasining yagona integrasiyalashgan axborot resurs bazasi orqali monitoring qilishga mo`ljallangan elektron dastur ishlab chiqiladi. Shuningdek, vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo`lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish bo`yicha yangi tizim yaratiladi.

  Shu bilan birga, “Barcha uchun ish” tamoyili asosida 2021 yil 1 noyabrga qadar “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydoni ishga tushiriladi.

Boshqa yangiliklar