AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda o`quvchilarga 2 baho qo`ygan o`qituvchi kaltaklandi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi

'Qashqadaryoda o`quvchilarga 2 baho qo`ygan o`qituvchi kaltaklandi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi'ning rasmi

2021 yil 06 aprel kuni Chiroqchi tuman IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan habarga ko`ra, shu kuni tumandagi 134-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi Sh.Oqquziev o`zining fanidan shu maktab o`quvchisi M.O.ga “2” baho qo`yganligi sababli, maktab o`quvchisi M.O ushbu holatni akasi X.B.ga aytgan. X.B. shu kuni soat 12:00 larda ikkita tanishi bilan maktabga kelib, ingliz tili fani o`qituvchisi Sh.Oqquzievning harakatidan norozi bo`lib, maktab hududida Sh.Oqquzievga tan jarohati etkazgan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Mazkur holat tuman IIO FMB navbatchilik qismidan belgilangan tartibda qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar