AsosiySalomatlik

O`zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni qancha?

'O`zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni qancha?'ning rasmi

Mutaxassislar so`zlariga ko`ra, bugungi kunda O`zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar soni 41 mingdan ortiq. Ularning 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil etmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o`tkazilda aytib o`tildi.

O`zA’ning yozishicha, OIV infeksiyasiga qarshi kurash va epidemiyaga samarali javob berish davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik, jumladan, fuqarolik jamiyati uchun dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda. 

– Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni barcha hamkorlar uchun milliy va mahalliy darajada OITS tarqalishiga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining muhim ahamiyatga ega ekanligini anglash uchun yana bir imkoniyatdir, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig`i Muhammadjon Bozorov. – Anjumanda muhokama etilgan masalalar aholining OIV infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, kasallikni erta aniqlash va uning keng tarqalishiga qarshi tadbirlarni o`z vaqtida tashkil etishda maqbul echimlarni topishda yordam beradi. 

Shuningdek anjumanda OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarga oid muammolarni bartaraf etish orqali ularning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytirishda fuqarolik jamiyatlarining faolligini oshirish borasida so`z bordi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar