AsosiyJamiyat

Polshada O`zbekiston fuqarosi avtohalokatga uchradi, ahvoli og`ir

'Polshada O`zbekiston fuqarosi avtohalokatga uchradi, ahvoli og`ir'ning rasmi

O`zbekiston fuqarosi Polshada avtohalokatga uchradi. Bu haqda TIV ma`lum qildi.

O`zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019-yil 12-noyabr kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi G`.B. ko`p sonli jarohatlar bilan Poznan shahri kasalxonasiga yotqizilgan. Uning sog`ligi holati og`ir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya bo`limiga joylashtirilgan.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Polsha vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi. Poznan shahri Polisiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda O`zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +48-22-894-62-30 (2)

    Boshqa yangiliklar