AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda 3 ta yong`in bo`lgan

'Toshkentda bir kunda 3 ta yong`in bo`lgan'ning rasmi

Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 3 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, shulardan 2 tasi xazon va chiqindilarni yonishi bilan bog`liq bo`lgan yong`inlarni tashkil etmoqda. Yong`inlarda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Shulardan e`tiborga molik bo`lgan yong`in,  15.11.2019 yil kuni soat 11:29da, Uchtepa tumani, Shaharcha 1-tor ko`chasi 4-uyning oshxonasi 5 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan uyning 145 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:33da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 11:41da bartaraf etilgan.

Yong`in olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida sodir bo`lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 2 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`ramoqda.

 

    Boshqa yangiliklar