Majburiy ijro byurosining Xo`jayli tumani bo`limi ish yurituviga Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiy sudining 24.10.2019 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor “Xo`jayli paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi Xo`jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd. 648,8 mln. so`m soliq qarzini undirish to`g`risidagi ijro hujjati 25.10.2019 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi boshlangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor jamiyatdan 1 mlrd. so`m soliq qarzi undirilib, tegishli hisob raqamlarga o`tkazib berildi. O`ndirilmasdan qolgan qismi esa tuman Davlat soliq inspeksiyasining xatiga asosan O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida” gi Qonunning 40 moddasi 1 qismiga asos qaytarilgan.






