AsosiyJamiyat

Toshkentda Oshxona garniturasini orzu qilgan shaxs chuv tushdi

'Toshkentda Oshxona garniturasini orzu qilgan shaxs chuv tushdi'ning rasmi


Toshkentda 30 yoshli Farruh X. 41 yoshli Vahob X.ni chuv tushirdi, deya ma`lum qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Keltirilishicha, Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMBga Vaxob X. murojaat qilgan.

Farruh X. unga 8.500.000 so`m evaziga oshxona garniturini tayyorlab berishni va`da qilib, oldindan to`lov tariqasida 600 AQSh dollari olgan. 

Biroq Farrux o`z va`dasida turmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuboradi. 

Ayni paytda, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.  

    Boshqa yangiliklar