Huquqiy axborot kanalining xabar berishicha, Asadjon Azatbekovich Xodjaev O`zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasining boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqida Hukumatning 910-sonli (13.11.2019 y.) qarori qabul qilindi.
Mazkur davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
14.11.2019 11:00
Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi






