AsosiyJamiyat

Yashirincha ulanishning bahosi 24 million so`m bo`ldi

'Yashirincha ulanishning bahosi 24 million so`m bo`ldi'ning rasmi

2019 yil 08 oktyabr kuni Byuroning Uchtepa tumani bo`limi xodimlari tomonidan Uchtepa tumani, Beshqayrog`och ko`chasi, 187A-uyda joylashgan ovqatlanish shaxobchasi  monitoringdan o`tkazilganda, mazkur ovqatlanish shaxobchasi  yurituvchisi fuqaro X.A.  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi «Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to`g`risida»gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish» qoidalarining 120, 121-bandlariga zid ravishda, elektr hisoblagichdan oldin tomda joylashgan traversdan alohida kabel orqali elektr tarmog`iga to`g`ridan-to`g`ri yashirin ravishda ulanib, elektr energiyasidan foydalanib kelganligi aniqlanib, unga nisbatan 08.10.2019 yilda   elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida dalolatnoma va ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida  bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Uchtepa tuman elektr ta`minoti korxonasining 16.10.2019 yildagi qayta hisob-kitob ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqaro X.A. 2016 yilning oktyabr oyidan 2019 yilning shu kuniga qadar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 24 mln. 152 ming 490 so`m miqdorida moddiy zarar etkazgani aniqlangan.

Mazkur holatda fuqaro X.A.ning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo`lib, joriy yilning 28 oktyabr kuni  X.A. tomonidan jami 24.152.490 so`m moddiy zarar to`liq qoplab berilganligi sababli,unga nisbatan    O`zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik to`g`risidagi masala hal qilmay turib, jinoyat ishi qo`zg`atish rad etilgan. 

             

    Boshqa yangiliklar