Sal avval aytganimizdek, ayni paytda Olmazor tumanining sobiq hokim o`rinbosari va “kun.uz” muxbilari o`rtasidagi tortishuvga bag`ishlangan anjuman davom etmoqda.
Yig`ilishda sobiq hokim o`rinbosarining ayrim xatti-harakatlariga ijobiy munosabat bildirildi. Shunga ko`ra OAV vakillaridan “Sobiq davlat xodimi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan himoya qilinyaptimi?” deb savol berildi.
Toshkent shahar prokurori o`rinbosari ma`lum qilishicha, kim bo`lishidan qat`iy nazar, uning shaxsiy daxlsizligi qonun bo`yicha himoyalanadi. Birovning ruxsatisiz jurnalistmi, fuqaromi, tasvirga olish mumkin emas. Ayni paytda tergovga qadar surishtiruv ketyapti. Hech kim tergovga qadar surishtiruv jarayonida aybdor topilishi mumkin emas. Aybdor yoki aybsizligi faqat sud qaroriga asosan belgilanadi.
Sobiq hokim o`rinbosariga oid ikki xil video tarqalgan bo`lib, birida u “menga jurnalist katta pora taklif qildi” degan bo`lsa, iiknchisida “men uni umuman tanimayman” deyilgan.
Ushbu vaziyatga prokuror Sayyod Jumaboev:
— 2019 yil yanvar oyida “G`alaba” bog`idagi obodonlashtirish ishida jurnalist Rahmatilla Isroilov hokim o`rinbosaridan 1 gektar er maydoni berishini so`rab, iltimos qilgan. Ammo pora haqida hech narsa deyilmagan, deya javob berdi.
Biroq, mazkur iltmos qilingani bo`yicha biror bir isbot keltirilmadi.
Savol: 2019 yil 18 aprelda hokim o`rinbosari Vahobov Ma`muriy javobgarlikning 43-moddasiga ko`ra javobgarlikka tortilgan. Oradan 73 kun o`tib yana shu huquqbuzarlikni sodir etgan. Biroq, ogohlantirish bilan kifoyalangan, xolos. Qonunchilikka ko`ra, jazolar og`irlashib borishi kerak, bu holatda esa engillashgan. Nega?
Mazkur asosli savolga Toshkent shahar prokuraturasi mas`ul xodimlari javob berishmadi va faqat sud orqali javob berilishini aytishdi.
Ayni paytda savolarga asosli javob qaytarilmadi va brifing yakunlandi. Jurnalistlarda talay savollar ochiq va eshitilmay qolib ketdi.
Yaqin daqiqalarda sobiq hokim o`rinbosarining anjumandan tashqarida jurnalistlar qurshovidagi ayrim savollarga bergan javoblari video va audio holatida taqdim etiladi.
Saytimizdan uzoqlashmang!






