AsosiyDunyo

Evropada barcha jamoat transportlari bepul bo`lgan ilk mamlakat paydo bo`ldi

'Evropada barcha jamoat transportlari bepul bo`lgan ilk mamlakat paydo bo`ldi'ning rasmi

Lyuksemburg – dunyoda jamoat transporti bepul bo`ladigan birinchi davlatdir. Ushbu qaror- saylov kampaniyasining va`dalaridan biridir. Bu haqida Life Gate  xabar berdi

Hukumatning boshqa chora-tadbirlari orasida yana talabalar uchun bepul avtobuslar va arzon narxlarda poezd chiptalari mavjud. Bunday echim orqali umuman transport tizimini yaxshilanishiga ishonilmoqda. Shuningdek bu, mamlakat aziyat chekayotgan ulkan tirbandliklarni kamaytiradi.

Poytaxtda 115 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi deya hisoblanadi, ammo bundan tashqari yana 400 ming kishi ishlash uchun shaharga keladi. Taxminan har kuni Fransiya, Belgiya va Germaniyadan 200 mingga yaqin odam Lyuksemburgga kelishadi.

Bu esa 2016 yilda har bir kishi 33 soat davomida tirbandlikda qolib ketishini keltirib chiqarmoqda edi.

Transportni bepul qilish 2019 yil yozida rejalashtirilgan edi, ammo infratuzilma vaziri Fransua Baush buni 2020 yil mart oyida amalga oshirilishini aytdi.

Ma`lumot o`rnida:

O`tgan yili transport 20 yoshdan kichiklar uchun bepul bo`lgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar