AsosiyJamiyat

XTB:"Odobnoma"ni sotib olib berish bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmagan

'XTB:"Odobnoma"ni sotib olib berish bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmagan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatidagi Qo`qon va boshqa erlardagi ayrim maktablarda o`qituvchilar ota-onalarga “Odobnoma 1-sinf” kitobidan olib berishlarini so`rashayotgani, kitob bozorda 20000 so`mdan sotilayotgani, aslida ushbu kitobni maktabning o`zi bepul (yoki ijaraga) berish kerakligi tanqid qilingan  edi.

Qo`qon shahar maktablarida 1-sinflar uchun mo`ljallangan “Odobnoma” kitobini ota-onalar tomonidan bozordan sotib olib berishi to`g`risida chop etilgan maqola xususida Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limi quyidagicha izoh berdi.

"Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufdagi umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim olayotgan barcha 1-sinf o`quvchilari 12 nomdagi bepul kitoblar bilan ta`minlangan. Aslida 12 nomdagi kitoblar ichida “Odobnoma” kitobi ham mavjud. Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi umumiy o`rta ta`lim maktabida ta`lim olayotgan 4528 nafar 1-sinf o`quvchilari to`liq odobnoma darsligi bilan ta`minlanganligi sababli ota onalarga odobnoma kitobini sotib olib berish bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmaganligini ma`lum qiladi.

Mazkur maqolada yozilganidek, “Odobnoma 1-sinf” kitobii sotib olib berish yuzasidan Qo`qon shahar xalq ta`limi va uning tasarrufidagi umumta`lim maktab rahbariyati bilan bog`liq joyi yo`qligini ta`kidlaymiz."

 

    Boshqa yangiliklar