AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ota xorijga chiqish uchun farzandlariga 156,6 million so`m aliment pulini to`liq to`lab berdi

'Surxondaryoda ota xorijga chiqish uchun farzandlariga 156,6 million so`m aliment pulini to`liq to`lab berdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi Sohib Kamolov (ism-familiya o`zgartirildi) chet elga chiqmoqchi bo`ldi. Biroq, fuqarolik ishlari bo`yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2016 yil 21 sentyabrdagi buyrug`iga asosan undan sobiq turmush o`rtog`i foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlaridan tegishli miqdorda aliment undirish belgilangan. 

Shunga muvofiq, Majburiy ijro byurosining Sariosiyo tumani bo`limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, aliment qarzdorligini undirish maqsadida S.Kamolovning chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklab qo`yilgan edi. 

U xorijga chiqish uchun farzandlarining voyaga etgunga qadar bo`lgan mablag`i, ya`ni 156 million 662 ming so`m pulni oldindan to`lab berdi, deya xabar beradi O`zA. 

– Bu bilan S. Kamolov sud buyrug`ini bajarib, farzandlarining voyaga etgunicha bo`lgan aliment pulini to`lab berdi, – deydi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi katta inspektori Q. Tursunov.

 

    Boshqa yangiliklar