O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tayotgan "Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi dolzarb masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi reja qilingan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik.
Unda "Darakchi" muxbiri ham ishtirok etdi.
Ma`lumot o`rnida:
- 1991 yildan 2007 yilgacha O`zbekistonda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bo`lsa, shundan so`ng 2016 yil dekabr oyigacha birorta shaxsga fuqarolik berilmagan.
- O`zbekistonda joriy yil o`n oyi davomida 4951 nafar fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar fuqarolikka qabul qilingan. Shularning 578 nafariga fuqarolikka qabul qilishda rad javob berilgan.
Nodir Ziyaev, IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rahbari o`rinbosari:
— Rad javobi berilgani fuqarolik berilishi to`liq to`xtatildi, degani emas. Unday fuqarolarga yana bir yildan keyin hujjat topshirishni maslahat beramiz. Yillar davomida rad javobi berilib kelayotgan fuqarolar, hech ham umidsizlikka tushmasliklari muhim.
Aytib o`tish kerak, ayni vaqtda O`zbekistonda fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar soni 49 228 nafarni tashkil etadi.






