“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar qiladi!
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Nimstansiya qatortol” 10 kVli yuqori kuchlanishli tizimda sxema tayyorlash maqsadida 15 daha 14 –ko`p qavatli uylarda kech soat 24:00 dan keyin 2 yoki 3 marta qisqa muddatga elektr energiyasi o`chirib yoqilgan. Bugun 07 noyabr kuni kech soat 24:00 dan keyin qisqa muddatga yana takroriy mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatiladi.
Tumanning 25 daha “Nurobod” mahalla hududida joylashgan 1849-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlari davom etayotganligi sababli, ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida, 3, 4 va 11- sonli ko`p qavatli uylarda ham ertaga 08 noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta`minotida uzilish bo`ladi.
Shuningdek, Chilonzor tumanining “Chilonzor” ko`chasidagi 6 kVli 1629-sonli transformator punktida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, hududdagi 87, 91, 93, 97, 99, 85 va 83- ko`p qavatli aholi xonadonlarida ertaga 08 noyabr kuni soat 10:00dan 17:00 ga qadar vaqtinchalik elektr energiyasi o`chiriladi.
Namangan shahridagi 110/6 kVli “Mustaqillik” va “G`arbiy” nimstansiyalarida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 8 noyabr kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Halqlar do`stligi”, “Umid”, “Yuqori G`irvon”, “O`rta G`irvon”, “Quyi G`irvon”, “To`quvchi”, “Mustaqillik” MFYlar va 1-kichik tuman, 2-kichik tumanlar hududida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi;
Uychi tumanidagi 35/10 kVli “Uychi” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uychi tumanining “Shifokor”, “Gulbog`”, “Soku”, “Gulzor”, “Boyog`on” va “Olmurut” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi;
Chust tumanidagi 110/35/10 kVli “Bog`ishamol” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chust tumanining “Mustaqillik” va “Navbahor” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi;
Pop tumanidagi 110/35/10 kVli “G`urumsaroy” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “G`urumsaroy”, “Toshqo`rg`on”, “Bog`”, “Mirishkor”, “Yangi Chek”, “Tepaqo`rg`on” va “Ittifoq” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi;
Uchqo`rg`on tumanidagi 35 kVli “Qo`g`ay” elektr uzatish havo tarmog`ida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uchqo`rg`on tumanining “Yog`du”, “Sohil”, “Ko`prikboshi”, “Birlik”, “Paxtachi”, “Qo`rg`oncha”, “Yangiobod”, “Ozod” va “Obod” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo`ladi;
Shuningdek, Andijon viloyatining ayrim hududlarida ertaga 8 noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Fayzaobod” podstansiyasi T-1, T-2 transformatorlarida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, Andijon tumandagi “Qo`nji”, “Teraktagi”, “Ming o`rik”, “Chem” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida;
110 kV kuchlanishli L-52 havo elektr uzatish tarmog`ida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buloqboshi tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “JFK-2 GES” podstansiyasidan ta`minaluvchi Shirmonbuloq, Navoiy, Qaqir, Soxibkor, Qashqar, Sarvontepa, Uchtepa, Tinchlik, Zarg`aldoq mahalla fuqarolar yig`inida xududida xam yashovchi aholi xonadonlarida elekt
Keltiriladigan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz !






