Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy taramoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ ga tegishli bo`lgan "Mercedes-Benz" rusumli avtobus haydovchisi va chipta sotuvchi yo`lda harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan smartfonda video tomosha qilib ketayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo`ldi.
“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati mazkur holatga oydinlik kiritish yuzasidan o`rganish ishlarini olib bordi. Ushbu holat 8-avtobus saroyiga qarashli 118- yo`nalishda xizmat faoliyatini olib boruvchi haydovchi M. Sidiqov va chiptachi F. Rasulov tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma`lum qilishicha ularning har ikkisiga nisbatan intizomiy chora ko`rilgan. Ular haydovchilik va chiptachilikdan olinib xo`jalik ishlariga jalb etilgan.






