Toshkent shahrida ro`yxatdan o`tgan ayrim toifadagi yuridik shaxslar uchun suv ta`minoti hamda oqava suv bo`yicha narxlar oshirildi.
Xususan, 2019 yil 16 noyabrdan boshlab, Toshkent shahrida III guruh tijoriy iste`molchilari bo`lgan yuridik shaxslar uchun quyidagi stavkalar joriy etilmoqda:
- suv ta`minoti – 1 m3 uchun 730 so`m QQSsiz;
- oqava suv - 1 m3 uchun 460 so`m QQSsiz.
I va II guruhlar iste`molchilari uchun – narxlar o`zgarishsiz qoldi, ya`ni suv ta`minoti bo`yicha – 1 m3 uchun 310 so`m QQSsiz, oqava suv bo`yicha - 1 m3 uchun 250 so`m QQSsiz.
Shuningdek, Toshkent shahri iste`molchilar uchun, ichimlik suv ta`minoti xizmatlari uchun shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-sonli qarori bilan belgilangan 100 so`m m3 miqdoridagi maxsus ustama to`lov miqdori ham saqlanib qolingan, oqava suv (kanalizasiya) xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdori 100 so`m m3 etib belgilangan.
Eslatib o`tamiz, Cuv ta`minoti va oqava suvni chiqarish xizmatlari ko`rsatish qoidalari bo`yicha iste`molchilar uchta guruhga bo`lingan:
I – xususiy uy-joylarda va ko`p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar;
II – issiqlik ta`minoti tashkilotlari, ISKX tashkilotlari, Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, byudjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, XUMSh;
III – I va II guruhga kirmagan tashkilotlar.






