AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 13 ta "zapravka"ning ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatildi

'O`zbekistonda 13 ta "zapravka"ning ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatildi'ning rasmi

Bugungi kunda, benzinning sotilayotgan narxi oshib borayotganligi sababli, avtomobillarni muqobil yonilg`i turiga o`tkazish, ya`ni siqilgan tabiiy gaz (metan)ga qayta moslashtirilayotgan avtotransportlarning soni keskin o`sib borilishi kuzatilmoqda. 

Shunga qaramay, metanga bo`lgan talabning keskin o`sishi bilan, avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSh)lar, avtotransportga yonilg`i quyish jarayonida, insonning xayotiga xavf tug`dirmaslik uchun barcha texnik qoidalar, yo`riqnomalar va ko`rsatmalarga rioya qilishga majburdir. Afsuski, hozirgi paytda transport vositalari egalari hamda avtomobillarga yonilg`i quyish shaxobchalarning xodimlari tomonidan qoidalarga rioya qilmasligi tez-tez uchrab turadi.

Shu sababli, AGTKShlarning faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilish, O`zneftgazinspeksiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Joriy yilning sentyabr oyida “O`zneftgazinspeksiya” tomonidan Respublikada joylashgan 60 ta AGTKShda nazorat tadbirlari o`tkazildi. Tadbirlar natijasida bir qator qo`pol qoida buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomobillarning gaz bilan to`ldirilishi, nazorat posti bilan ta`minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli xujjatlarning ko`zdan kechirilmaganligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar aniqlandi.

Yuqorida aytib o`tilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli, nazorat tadbirlari o`tkazilgan 60 ta AGTKShlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar