6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm va Qoraqalpog`iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi. Bu haqida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun 6 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining “Sog`bon 1-2 tup”, “Qizil tut”, “Paxta”, “Langar”, “Lentochniy”, “Qo`sh tut”, “Muhokama” ko`chalarida va “Zarqaynar” supermarketlarida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo`ladi.
Shuningdek, Qoraqalpog`iston respublikasining ayrim hududlari hamda Xorazm viloyatining Xonqa, Bog`ot, Hazorasp, Pitnak tumanlarida Taxiatosh-Xorazm-Sarimoy yo`nalishidagi tarmoqlarda 220 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog`ining o`tkazilishi va “Taxiatosh issiklik elektr stansiyasi”dagi 7 energo blok ta`mirlanayotganligi sababli 6-7 noyabr kunlari elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi.






