AsosiyJamiyat

“Ipak yo`lidagi turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi bo`ladi

'“Ipak yo`lidagi turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi bo`ladi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Marketing boshqarmasi vakili Sherzod Sultanovning xabar berishicha, 13-15 noyabr kunlari poytaxtimizning “O`zekspomarkaz” MKKda “Ipak yo`lidagi turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi (TXTYa-2019) bo`lib o`tadi. 

Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – “Ipak yo`lidagi turizm” (TXTYa) – O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining turistik sanoatidagi eng yorqin,  eng yirik tadbir. 

Ma`lumot uchun: Yarmarka 1995 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) rasmiy ko`magida o`tkazib kelinmoqda.  Har yili ko`rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasidagi mutaxassislar to`planadi. 

Tadbir o`tadigan joy – “O`zekspomarkaz” MKKda milliy va xalqaro darajadagi ikkita pavilion o`rin oladi.  Birinchi pavilyonda mamlakat mintaqalarining milliy madaniyati va sayyohlik salohiyatining o`ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi stendlar namoyish etiladi,  ikkinchisida – xalqaro transport kompaniyalari,  davlat tashkilotlari,  diplomatik vakolatxonalar,  O`zbekiston va undan tashqarida joylashgan turistik va kurort joylar stendlari namoyish etiladi. 

Bugungi kunda O`zbekistonning turistik bozori qiziqarli va ilg`or voqealarga boy. Yarmarka doirasida ishtirokchilar Charq bozori,  “Ipak yo`li mazasi” milliy taomlar festivali,O`zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi,  Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivalining taqdimoti,  hunarmandlar uchun mahorat darslari va mahsulotlar ko`rgazmasi,  O`zbekiston va Rossiya birinchi sayyohlik forumi va shu kabi boshqa tadbirlardan bahramand bo`lishadi. 

Ko`rgazmada shuningdek, O`zbekistonning ham xorijiy mamlakatlarning turistik yo`nalishlariga bag`ishlangan bir qator taqdimotlar bo`lib o`tadi.  “Turizm sohasidagi innovasiyalar”,  “Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar” mavzularidagi taqdimotlar,“O`zbekistonning rasmiy yo`lko`rsatgichi” mobil ilovasining taqdimotlari va boshqalar shular jumlasidandir.

    Boshqa yangiliklar