AsosiyJamiyat

Odamlar orasida shov-shuv bo`layotgan “01 001 vip” avtomobil raqami tafsilotlari ma`lum bo`ldi

'Odamlar orasida shov-shuv bo`layotgan “01 001 vip” avtomobil raqami tafsilotlari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “01 001 vip” davlat raqami bilan bog`liq video tasvir yuzasidan IIV YHXBB izoh berdi.

Ma`lumki, avtomototransport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” davlat unitarkor xonasi tomonidan ishlab chiqiladi.

IIV axborot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, internetda tarqatilgan video tasvirdagi 01 001 VIP ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgisi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmagan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat standarti (OʻzDSt 640:2014) talablari asosida ro`yxatdan o`tkazish davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida “I” harfi ishlatilmasligi lozim. Davlat raqam belgilarini qo`lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki o`zga usullarda o`zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo`lmagan transport vositasini boshqarish – bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

 

Boshqa yangiliklar