AsosiyJamiyat

200 000 funt sterlingli loyiha tanlovi e`lon qilindi

'200 000 funt sterlingli loyiha tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Britaniya Kengashining O`zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta`minlashda oliy ta`limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirishga yo`naltirilgan tanlov e`lon qiladi.

Tanlov dasturning quyidagi asosiy yo`nalishlari doirasida amalga oshiriladi:

- oliy ta`lim sifatini ta`minlash;

- bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta`minlash;

- o`quv dastur va fanlarni ingliz tilida o`qitish.

 

Loyihaning 2019/2020 o`quv yili uchun byudjeti – 200 000 funt sterling.  

 

Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta`lim muassasalari o`z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

 

Arizalar shu yilning 16 noyabr kunigacha qabul qilinadi.  

 

Ariza (http://edu.uz/uz/news/view/1729) shaklini yuklab olish.  

    Boshqa yangiliklar