AsosiyJamiyat

Deputat Shayxontohur tumani fuqarolarini qiynayotgan masalalarga barham berdi

'Deputat Shayxontohur tumani fuqarolarini qiynayotgan masalalarga barham berdi'ning rasmi

“Adolat” SDP fraksiyasi a`zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Samatov Shayxontohur tumanida joylashgan “Bo`ston” MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar va amaldagi holat bilan yaqindan tanishib, aholi vakillari bilan yuzma-yuz, ochiq muloqotlar o`tkazdi.

O`rganish jarayonida mahalla hududida fuqarolarning qulay va xavfsiz ravishda istiqomat qilishlariga to`sqinlik qiluvchi bir nechta holatlar aniqlangan. Xususan, ko`p yillardan beri Al-Xorazmiy 2-proezd ko`chasi o`z sathiga ko`ra boshqa ko`chlardan past bo`lganligi tufayli bu erda yog`ingarchilik paytida suv toshishi va aholi turar-joylarini tez-tez suv bosishi, Eshon boboxon ko`chasi 67 uy oldi qismida tartibsiz turgan temirli garajlar o`rniga namunaviy avto turargoh qurilishi mo`ljallanayotgan joyda 4 ta tashqi yoritish temir beton ustunlari avariya holatida ekanligi aniqlangan. 

Yuqoridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish holatini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 10 sentyabr kuni Shayxontohur tumani “Bo`ston” MFYda yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ulug`bek Samatov, “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi raisi Bahrom Valiev, Shayxontohur tumani hokimining uy-joy, kommunal xizmat ko`rsatish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Farrux Yuldashev, “Bo`ston” MFY raisi Baxtiyor Gafurov, mutaxassis Lola Zufarova, shuningdek tuman IIB xodimlari va tuman obodonlashtirish takshilotidan vakillar qatnashdi.

Yig`ilishda Shayxontoxur tuman hokimining o`rinbosari mutasaddi idoralar bilan birgalikda “Bo`ston” MFY hududidagi holatni batafsil o`rganib chiqilganligi, mahalla hududida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha hozirda ta`mirlash va yangidan qurish ishlar olib borilayotganligi xususida ma`lumotlar berdi. Tuman hokimining o`rinbosari mahalla aholisi bilan kelishilgan holda suv oqimini kamaytirish maqsadida suv yo`nalishini o`zgartirish bo`yicha yagona to`xtamga kelinganligiga, tumandagi mutasaddi tashkilotlarning mas`ullari bilan birgalikda fuqarolarning xavfsizligini to`liq ta`minlash maqsadida yangi tashqi yoritish temir beton ustunlari o`rnatilganligiga urg`u berdi. 

Yig`ilishda mahalla faollari amalga oshirilayotgan ishlardan hursandliklarini e`tirof etib o`tishdi. 

       

      

   

    Boshqa yangiliklar