UzAuto Motors Service & Trade-In Center yangi servis va savdo markazida bugungi kunda yangi avtomobillarning keng assortimenti sotuvda mavjud, ular Trade-In dasturi doirasida mijozlarga taklif qilinmoqda, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.
Ushbu dastur minilgan avtomobil sohiblariga mashinalarini avtosalonda qo`shimcha to`lov bilan, mutlaqo yangi avtoga alshmashtirish imkonini beradi.
UzAuto Motors Service & Trade-In Center markazida yangi va eskirgan avtomobillar uchun mo`ljallangan keng savdo maydonchalaridan tashqari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ta`mirlash va bo`yash angarlari mavjud. Avtoulovlarni tez va sifatli ta`mirlash uchun markazda eng zamonaviy uskunalar va ishlab chiqaruvchining ehtiyot qismlari katta ombori mavjud. Shuningdek, markazda gaz uskunalariga xizmat ko`rsatish bo`limi hamda zamonaviy va keng avtoulovlarni yuvish joyi ham bor.
Mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida markaz hududida avtomobil ehtiyot qismlari, kimyoviy vositalar hamda buyumlar do`koni, ikkinchi qavatda angardagi ta`mirlash ishlarini kuzatish imkoniyatini beruvchi shinam kafe faoliyat yuritmoqda. Eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun markazning hovlisida va kafeda bolalar o`yin maydonchasi va o`yin xonasi xizmat ko`rsatmoqda.
Xaridorlar qulayligi uchun trade-in.uz sayti ishga tushirilgan, u erda mijoz dilerlardagi sotish uchun qo`yilgan minilgan avtomobillarning shu kungi narxidan boxabar bo`lishlari, shuningdek ushbu xizmat bo`yicha barcha kerakli axborotni olishlari va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishlari mumkin.






