Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi statistikasiga ko`ra, o`tgan 28 oktyabr-3 noyabr kunlarida Toshkent shahrida 11609 ta yo`l harakati qoidabuzarliklari sodir etilgan. Tuzilgan dalolatnomalarga ko`ra, bu haftada ham piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar etakchi bo`ldi - 1130 ta. 3 nafar qoidabuzarlar qalbaki, o`zgartirilgan yoki begona davlat raqamlari huquqbuzarligini sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgan. Qolgan ma`lumotlar esa suratda aks etgan.






