Suv xo`jaligi vazirligining rasmiy kanalida xabar berilishicha, 2019 yil 22 dekabr kuni mamlakatimizda bo`lib o`tadidan saylov munosabati bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O`zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi hamda xalqaro matbuot markazi hamkorligida aholining, xususan, yoshlarning saylov to`g`risidagi bilim va ko`nikmalarini oshirishga qaratilgan “SAYLOV-2019” videoroliklar tanlovi o`tkazilmoqda. Yoshidan qat`i nazar barcha professional va havaskor ijodkorlar o`zbek, rus va ingliz tillarida "Saylov va uning insonlar hayotiga ta`siri" haqida kreativ, ta`sirchan va zamonaviy yondashuv aks etgan, 2 daqiqagacha davomiylikda bo`lgan, turli tasvirga olish vositalari: professional kamera, planshet, shaxsiy kompyuter, mobil telefon va boshqa vositalar orqali tayyorlangan videoroliklar tanlov uchun qabul qilinadi.
Mukofot pullari:
1-o`rin uchun 10 million so`m;
2-o`rin uchun 7 million so`m;
3-o`rin uchun 5 million so`m.






