AsosiyJamiyat

Toshkentda zo`rlikdan jabr ko`rgan ayollarning 60 foizga yaqini qarindoshlari va qaynonalaridan jabr ko`radi

'Toshkentda zo`rlikdan jabr ko`rgan ayollarning 60 foizga yaqini qarindoshlari va qaynonalaridan jabr ko`radi'ning rasmi

Poytaxt va uning tumanlarida ayollar duch kelgan zo`rlikning 40 foizi erkaklar hissasiga to`g`ri keladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Bunday holatlarning 60%i esa jabr ko`rganlarning qaynonalari va qarindoshlari sabab yuzaga keladi, deydi Toshkent shahar Toshkent shahrida Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish markazining direktori Gulchehra Matkarimova.

Markaz rasman 2019 yilning 29 avgust kuni ochilgan. 10 oktyabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik yordam maqsadida, 25 nafari tibbiy yordam so`rab hamda 35 nafari huquqiy yordam zarurati bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari, reabilitasiya markazi xodimlarining harakati bilan 17 ta oilani tiklashga erishildi.

Markaz direktorining ta`kidlashicha, qarindoshlar tomonidan zo`rlik ishlatishning deyarli barcha holatlari ichki muammolar bilan bog`liq.

“Er-xotin o`rtasidagi jiddiy kelishmovchilik sabab, ayol bolasi bilan uydan ketishga majbur bo`ladi. Aksariyat holatda turar joy erga yoki uning otasiga tegishli bo`lganligi sababli ayol o`z qarindoshlarining uyiga qaytib boradi. Bizda jabr ko`rgan ayol o`z tug`ishgan akasining uyiga borgan holat uchragan. Aka uylangan, uning bo`yi etib qolgan farzandlari bor. Shunda kutilmaganda singlisi qaytib kelib, uyning bir qismiga egalik qilgan. Shu sababli akaning xotini, ya`ni kelinoyi jabrdiyda ayolga qarshilik qilgan. Shu jumladan, unga nisbatan jismoniy zo`rlik ishlatgan. Gulchehra Matkarimova suhbat davomida bunday holatlar ko`p uchrayotganligini ham aytib o`tdi.

Erkaklarning ayollarga zo`rlik ishlatishi jamiyatning o`tkir muammosidir. Xotin-qizlarning hammasi ham yordam izlab murojaat qilmaydi, demakki, ushbu statistik ma`lumotlar katta muammoning bir qismi xolos.

 

    Boshqa yangiliklar