AsosiyJamiyat

5 noyabrdan 9 noyabrgacha O`zbekistonda sovuq antisiklon hukmronlik qiladi

'5 noyabrdan 9 noyabrgacha O`zbekistonda sovuq antisiklon hukmronlik qiladi'ning rasmi

Kecha respublikamizning katta qismida ko`proq oktyabr oyi uchun xos bo`lgan iliq va ochiq ob-havo kuzatildi. Harorat kunduzi 22-25 daraja iliq bo`ldi, bu shu kunning me`yoriy ko`rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqori. Mamlakatimizning shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi, Xorazm viloyati, Qoraqalpog`istonda yog`ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog`di. Ushbu joylarda harorat 10-15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi. Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakatimiz bo`ylab yomg`ir yog`ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. Bugun yog`ingarchilik to`xtaydi, harorat 8-10 darajani, shimolda 3-8 darajani tashkil qiladi. 
5 noyabrdan 9 noyabrgacha O`zbekistonda sovuq antisiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo`lib yog`ingarchilik bo`lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Srxondaryo viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ish ehtimoli saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja iliq, atrofida bo`ladi, 5-7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5-7 noyabrda 8-13 daraja, 8-9 noyabrda 10-15 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar