— 2003 yil turmushga chiqqanman, 2 nafar farzandim bor. Sud tomonidan 2008 yil martda qonuniy ajrashganmiz. 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. 2015 yil esa noroziligimga qaramay,
¼ qismga keltirishdi. 6 oydan buyon aliment to`lamaydi. MIBga esa boraverib charchadim. Alimentni undirishda yordam bering, iltimos.
Sojida Ibragimova, Narpay tumani
Mirodil MIRZABOEV, Majburiy ijro byurosi bo`lim bosh inspektori:
Fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining 2008 yil 12 martdagi qarzdordan undiruvchi foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati sobiq sud ijrochilarining Narpay tumani bo`limi ish yurituviga 2008 yil 18 aprelda kelib tushgan.
Sudning 2015 yil 21 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan ali ment miqdori 1/3 qismdan 1/4 qism miqdoriga kamaytirilgan. Shu sudning 2019 yil 12 apreldagi ijro varaqasiga asosan aliment miqdori 2/12 qismiga keltirilgan. Qarzdorning aliment qarzi qayta hisoblanib, 2019 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan 4 mln. 723 ming so`m aliment pullari to`liq undirib berilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning 2019 yil 1 yanvar kunidan 2019 yil 1 iyul kuniga qadar alimentdan bo`lgan qarzdorligi 2 mln. 172 ming 799 so`mni tashkil qilishligi aniqlangan. Pochta aloqa bo`limining 2019 yil 15 iyuldagi to`lov hujjatiga asosan 2 mln. 220 ming so`m aliment pullari undirilib, undiruvchining yashash manziliga yuborilgan. Qarzdorning joriy yilning 1 sentyabr kuniga qadar aliment pullaridan 666 ming so`m qarzdorligi mavjud bo`lib, ushbu qarzdorlik undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda. Undiruvchi sudning aliment miqdorini kamaytirish to`g`risidagi qaroridan norozi bo`lgan taqdirda yuqori turuvchi sudga murojaat etishi lozim.
Sadoqat ALLABERGANOVA
🔸 Savolingiz bormi, mutaxassislardan javob olib beramiz!
✅ HUDUDINGIZDA EChIMINI KUTAYoTGAN MASALALAR E`TIBORDAN ChETDA QOLIShINI ISTAMASANGIZ, YaShASh MANZILINGIZ, ISM-FAMILIYaNGIZNI TO`LIQ YoZIB, ShAXSIY IMZONGIZ BILAN BIZGA MAKTUB YO`LLANG.
📌 MANZILIMIZ:
TOShKENT ShAHRI, AMIR TEMUR ShOH KO`ChASI 5️⃣3️⃣-UY.
ALOQA INDEKSI: 1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣6️⃣0️⃣
SAVOLLARINGIZNI (➕9️⃣9️⃣8️⃣9️⃣5️⃣)
1️⃣9️⃣4️⃣➖6️⃣4️⃣➖1️⃣6️⃣ TELEGRAM RAQAMI ORQALI HAM QOLDIRIShINGIZ MUMKIN.






