AsosiyJinoyat

Oyoq kiyimga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

'Oyoq kiyimga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi'ning rasmi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro B.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning kirdikorini zamonaviy qurilmalar qisqa fursatda fosh etdi. Gap shundaki, ushbu shaxs oyoq kiyimining tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so`mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

             

    Boshqa yangiliklar