— MChJ direktoriman. Menga “MChJ ro`yxatdan o`tmagan, muhrlar soxta”, deb ayb qo`yildi va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. Viloyat sudiga murojaat qilganimda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4 yil qilib belgilandi. Davlat xizmatlari agentligi tashkiloti 2006 yil 28 martda Andijon viloyati Asaka shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish inspeksiyasi tomonidan ro`yxatga olingani va hozirgi kunda faoliyat ko`rsatayotganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilganimni sud inobatga olmadi. Ishlab turgan MChJga Oliy sud mazmunan javob xati bermagani sabab, investisiya vaqtincha to`xtatildi. Qonunga ko`ra, MChJ ishlayotgani yoki soxta ekani haqida ma`lumot olishga yordam berishingizni so`rayman.
K. Usmonov, Toshkent shahar Yunusobod tumani
Baxtiyorjon XUDAYBERDIEV, Andijon viloyat prokurorining o`rinbosari, adliya maslahatchisi:
— Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Asaka tuman sudining 2015 yil22 oktyabrdagi hukmiga ko`ra, K .U sm onov JKning bir necha moddalari bilan aybli deb topilgan. Unga JKning 59moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining 60 baravari miqdorida jarima hamda 7 yil 8 oy ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Jinoyat ishi K.Usmonovning shikoyatiga asosan 2015 yil 3 dekabrda apellyasiya instansiyasida ko`rilib, JKning 25, 118moddasi 3qismi “b” bandi bilan qo`yilgan ayblov JKning 25, 118mod dasi 1qismiga qayta kvalifikasiya qilinib, hukmning qolgan qismi o`zgarishsiz qoldirilgan.
K.Usmonovning aybi jinoyat ishida mavjud jabrlanuvchi va guvohlarning ko`rsatuvlari, voqea joyini ko`zdan kechirish, yuzlashtirish bayonnomalari, sudtibbiy, sud fizikatexnika, sudkimyoviy ekspertiza xulosalari hamda ish bo`yicha to`plangan boshqa dalillar bilan tasdiqlangan. Sud qarorlarining qonuniyligi o`rganilib, protest keltirish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
Sadoqat ALLABERGANOVA
🔸 Savolingiz bormi, mutaxassislardan javob olib beramiz!
✅ HUDUDINGIZDA EChIMINI KUTAYoTGAN MASALALAR E`TIBORDAN ChETDA QOLIShINI ISTAMASANGIZ, YaShASh MANZILINGIZ, ISM-FAMILIYaNGIZNI TO`LIQ YoZIB, ShAXSIY IMZONGIZ BILAN BIZGA MAKTUB YO`LLANG.
📌 MANZILIMIZ:
TOShKENT ShAHRI, AMIR TEMUR ShOH KO`ChASI 5️⃣3️⃣-UY.
ALOQA INDEKSI: 1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣6️⃣0️⃣
SAVOLLARINGIZNI (➕9️⃣9️⃣8️⃣9️⃣5️⃣)
1️⃣9️⃣4️⃣➖6️⃣4️⃣➖1️⃣6️⃣ TELEGRAM RAQAMI ORQALI HAM QOLDIRIShINGIZ MUMKIN.






